Jizzaxda tabiiy suv obyektidan noqonuniy foydalangan huquqbuzarga jarima belgilandi
Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi Forish tumani boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida fuqaro I. N. tegishli ruxsatsiz quduq qazib, tabiiy suv obyektini egallab olganligi va oʻzboshimchalik bilan foydalanganligi aniqlandi.
Huquqbuzar bu bilan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning 5, 16-moddalari, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonunning 115-moddasi talablarini buzgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 74-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. I. N. BHMning 3 baravari, yaʼni 990 ming soʻm jarima toʻlaydigan boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring