Jizzaxda sobiq mansabdor egallab olgan uyidan chiqarib yuborildi
Foto: MIB
Jizzax shahrida sobiq hokimlik xodimi egallab olgan uyidan chiqarildi. Bu haqda «Xalq soʻzi»ga MIB matbuot kotibi Farrux Toshpoʻlatov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudining joriy yilning 24-iyunidagi ijro varaqasiga koʻra, qarzdorlar O.S. oila aʼzolari bilan Jizzax shahri Zargarlik mahallasi Zargarlik koʻchasidagi 600 kv m. yer maydonidagi turar joydan chiqarish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining shahar boʻlimi ish yurituviga 25-iyun kuni kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Shuningdek, ijro hujjati talablari qarzdor O.S. tomonidan ixtiyoriy tarzda bajarilmaganligi tufayli davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlarini tayinlash haqida shu yilning 07-iyul kuni xabarnoma tarqatilgan.
Shundan soʻng, kecha, 12-iyul kuni MIBning Jizzax shahar boʻlimi, shahar IIB, shahar FVB, tez tibbiy yordam xodimlari va mahalla raisi hamda taraflar ishtirokida qarzdorlar O.S. va oila aʼzolari sud hujjatida koʻrsatilgan 600 kv.m. yer maydonidagi turar joydan majburiy tartibda chiqarilishi taʼminlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring