Jizzaxda qurigan archani ruxsatsiz kesgan fuqaro jarimaga tortildi

03:31 18 Yanvar 2022 Jamiyat
966 0

Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan hududlar masalalari boʻlimi inspektorlari tomonidan Sharof Rashidov tumanida navbatdagi nazorat reyd tadbiri oʻtkazilganda, tumanning “Ravalliq” MFYda yashovchi fuqaro Z.Q. tomonidan oʻzi yashaydigan koʻcha yoqasidagi 1 tup qurigan archa daraxtini ruxsatsiz kesib olinganligi maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-modda 1-qismiga asosan BHMning besh barobari, yaʼni 1 350 000 soʻm jarima qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер