Jizzaxda “Nexia” yuk mashinasi bilan toʻqnashib, yonib ketdi

00:55 06 Yanvar 2022 Jamiyat
1048 0

Jizzax viloyatida “Nexia” rusumli avtomashinaning yuk mashinasi bilan toʻqnashuvi natijasida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 5-yanvar kuni Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga M-39 Olmaota-Toshkent-Termiz avtomobil yoʻlining 942-kilometrida avtomobil yonib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga qutqaruv otryadi yuborilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati IIB Yongʻin-qutqaruv xizmatining 1 ta boʻlinmasi voqea joyiga kelgan. Koʻrilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida yongʻin toʻliq oʻchirildi.

Maʼlum boʻlishicha, yongʻin “Nexia” yengil avtomobilining yuk mashinasi bilan toʻqnashuvi natijasida boshlangan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер