Jizzaxda mansabdorlar obuna uchun oʻtkazilgan 192 mln pulni talon-toroj qildi. Ular orasida tuman XTB xodimi ham bor

12:14 30 Mart 2021 Jamiyat
1453 0

Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida davriy nashrlar obunasi uchun oʻtkazilgan pul mablagʻlari talon-toroj qilinganligi fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzachoʻl tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi va “H.Y.» MCHJ mansabdor shaxslari oldindan til biriktirib, jamiyat hisob-raqamiga 2020-2021-yillardagi davriy nashrlarga obuna boʻlish uchun oʻtkazilgan 192 mln soʻmni tahririyatlarga oʻtkazmasdan, rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер