Jizzaxda mahalla tizimi xodimlariga ehtirom koʻrsatildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Said Donishev / “Xalq soʻzi”. Bugungi kunda Jizzax viloyatida ham mahalla tizimi borasida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilganki, bu endilikda oʻzining ijobiy samarasini bera boshladi.
Birgina oʻtgan 2023-yil mobaynida fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 36 ta mahalla idorasi yangidan qurildi,15 tasi rekonstruksiya qilinib, taʼmirlandi, hozirda 8 ta mahalla binolarida qurilish ishlari davom etmoqda. Joriy yil yakuniga qadar manzilli dasturga asosan yana 30 ta mahalla binosi yangitdan barpo etiladi.
Mahalla tizimi xodimlari kuniga bagʻishlab viloyat hokimligi Anjumanlar saroyida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda soʻz olganlar shular xususida alohida toʻxtalishdi.
Shuningdek, tadbirda davomida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan ezgu tamoyil asosida mahallaning oʻrni va nufuzini yuksaltirish, yurtimizda keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi beqiyos xizmatlari, xalqimiz orasida oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash, koʻp asrlik anʼanalarimizni asrab-avaylash, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash hamda oilalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib etish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun bir guruh soha vakillari yuksak davlat mukofotlari hamda viloyat hokimligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring