Jizzaxda IT Park oʻz ish faoliyatini boshladi

16:37 11 Noyabr 2020 Jamiyat
2454 0

Jizzax shahri markazida IT Park mintaqaviy filialining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur IT Park yurtimizda toʻrtinchi boʻlib ish boshlagan zamonaviy, innovatsion axborotlashgan jamiyatga oʻtishdagi raqamlashtirilgan park hisoblanadi.

IT Park filiali 24/7 rejimda oʻz ish faoliyatini olib borishga ixtisoslashgan boʻlib, filialda chet ellik sheriklar va turli xil kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, IT Parkda Jizzax IT markaz faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi, bu viloyatdagi istalgan kishi va shu sohaga qiziquvchilarga IT sohasidagi fan va kasblarni oʻrganish imkoniyatini beradi, kompyuter savodxonligi, dasturlash, Web-dizayn, grafik dizayn, mobil robototexnika, kibersport turlari va IT-ingliz tili shular jumlasidandir.

— IT Park Jizzax filiali oʻquv xonalari va kibersport sinflari uchun 43 ta kompyuterlar toʻplami, 43 oʻquvchiga moʻljallangan 3 ta zamonaviy oʻquv xonalari eng soʻnggi rusumda taʼmirlandi, — deydi Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev. — Bu yerda yil davomida 500 nafardan ziyod talaba va oʻquvchilar axborot texnologiyalari sohasida taʼlim olishi imkoniyatini yaratadi va tez fursatda viloyatda IT sohasida malakali mutaxassislar yetishtirish imkonini beradi.

IT Park Jizzax filiali qurilishi uchun 5,5 milliard soʻm mablagʻ saflangan boʻlib, yuqori tezlikdagi internet, 46 oʻrinli konferensiya zali, kutubxona, kovorking markazi, start-up xonalari, robototexnika laboratoriyasi, media-markaz, kibersport va innovatsion mashgʻulotlar xonalari mavjud.

IT Park rezidentlari mahalliy va xorijiy kompaniyalar uchun bir qancha afzalliklar mavjud boʻlib, ular daromad soligʻi, nol korporativ va ijtimoiy soliqlar, oʻz ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilish imkonlari yaratilgan.

Tolibjon ERGASHEV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер