Jizzaxda ikki nafar qonunbuzar qonun himoyachilari qoʻlga tushdi
Foto: ChatGPT
Jizzax viloyatida tadbirkordan uning qarzdorliklarini kamaytirib berish evaziga pora olgan ikki nafar xodim qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, 1999-yilda tugʻilgan Jizzax shahar qoʻriqlash boʻlimi xodimi, safdor Gʻ.A va 1996-yilda tugʻilgan Sharof Rashidov tumani soliq inspeksiyasining sobiq inspektori X.Oʻ. lar Jizzax shahrida yashovchi fuqaroga tegishli MCHJlarning 315 million soʻmlik soliq qarzdorligini kamaytirib bermoqchi boʻlishgan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu “xizmatlari” uchun 500 AQSH dollarini olgan xodimlar protsessual tartibda qoʻlga olindi.
Hozirda Gʻ.A. va X.Oʻ. larga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahrida oʻzini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirgan firibgar shaxs ushlangani toʻgʻrisida xabar qilingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring