Jizzaxda haydovchining xatosi sabab yoʻlovchi jarohatlandi
Jizzaxda ikki avtomobil oʻrtasida avtohalokat sodir boʻldi. Bu haqda “Postda” xabar berdi.
Jizzax viloyati Jizzax shahar Obod mahallasida Sharof Rashidov tumani Qangʻli qishlogʻida yashovchi E.Y boshqaruvidagi “Nexia” avtomobili shu tumanning Moʻlkanlik mahallasida yashovchi O.Z. boshqaruvidagi “Nexia” bilan toʻqnashgan.
Oqibatda O.Z.ga tegishli “Nexia” salonida boʻlgan yoʻlovchi oʻng oʻmrov suyagining yopiq siljib sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring