Jizzaxda gaz hisoblagichga taʼsir oʻtkazish boʻyicha noqonuniy holatlar fosh etildi

18:25 12 Fevral 2026 Jamiyat
131 0

Jizzax viloyatida gaz hisoblagichga taʼsir oʻtkazish boʻyicha bir nechta noqonuniy holat aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari tomonidan oʻrganishlar jarayonida bir-biriga oʻxshash bir nechta qoidabuzarliklar fosh etilgan. Ayrim isteʼmolchilar elektron gaz hisoblash uskunasining ichki parrak qismini ataylab sindirib, gaz sarfini sunʼiy kamaytirishga uringani maʼlum boʻlgan.

Xabarda aytilishicha, bunday qonunbuzarliklar isteʼmol tahlili orqali aniqlanib, ilgari koʻp gaz ishlatgan xonadonlarda sarfning keskin kamayishi mutaxassislar eʼtiborini tortadi.

Paxtakor tumani “Doʻstlik” MFYda yuqoridagi holat aniqlanib, 353 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan. Tumanning “Gʻalaba” va “Paxtakor” MFYlarida ham elektron gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir oʻtkazish holatlari fosh etilib, qoidabuzarlik boʻyicha mos ravishda 417 mln hamda 579 mln soʻm zarar qayta hisoblangan.

Jizzax shahridagi umumiy ovqatlanish maskanida aniqlangan noqonuniy holat boʻyicha 697 mln soʻm jarima qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер