Jizzaxda fuqaro kelinoyisini oʻldirdi
2021-yil 8-avgust kuni Zarbdor tumanidagi mahallalarning birida yashovchi fuqaro A.N qayniukasi A.S bilan kelib chiqqan oʻzaro janjal natijasida qayniukasi kelinoyisi A.N.ni oshxona pichogʻi bilan tanasining turli qismlariga urib tan jarohati yetkazganligi oqibatida vafot etgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring