Jizzaxda eshakni yuk mashinasiga bogʻlab, yoʻlda sudrab ketgan haydovchi topildi
Ijtimoiy tarmoqlarda yuk avtomobili oʻziga bogʻlangan eshakni sudrab ketayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.
Videoga olingan ushbu holat 14-mart kuni soat 11:30 atrofida Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida sodir boʻlgan. Aniqlik kiritilishicha, 32 yoshli haydovchi eshakni mashinaga bogʻlab, 150 metrdan ortiq masofaga sudrab borgan.
Haydovchi oʻz koʻrsatmasida transport vositasida texnik nosozlik yuzaga kelgani sababli eshakni bogʻlab, harakatni davom ettirishga majbur boʻlganini daʼvo qilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) bilan bayonnoma tuzildi, yuk mashinasi esa jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring