Jizzaxda “DRIFT SHOW CARAVAN” loyihasi boʻlib oʻtdi

12:57 08 Iyul 2024 Jamiyat
432 0

Said Donishev/“Xalq soʻzi”. Jizzax viloyatida avto-moto va sport turizmini rivojlantirish maqsadida “DRIVE INFO-FORUM” doirasida “DRIFT SHOW CARAVAN” loyihasi boʻlib oʻtdi. Loyiha taqdimoti Jizzax viloyatini kelgusida mamlakatning avto-moto va sport turizmi markazi etib belgilash, qoʻshni davlatlar bilan avto-mototurizm yoʻnalishlarida hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga bagʻishlandi.

— Oʻzbekiston avto-moto turizm assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi” hududida “DRIFT SHOW CARAVAN” loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan edi, — deydi viloyat Turizm boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Azizbek Egamberdiyev. — Yil davomida hamkorlikda oʻtkaziladigan avtoturizm yoʻnalishga doir xalqaro va mahalliy tadbirlardan maqsad Jizzax viloyatining turizm jozibadorligini xorijiy davlatlarga targʻib qilish, Viloyatga respublika hududlaridan mahalliy turistlar tashrifini koʻpaytirish va yoshlarni sport turizmiga qiziqishlarini kuchaytirishdan iborat.

Jizzax shahar hokimligi, viloyat Turizm boshqarmasi hamda Oʻzbekiston avto-mototurizm assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan “DRIVE INFO-FORUM” doirasidagi “DRIFT SHOW CARAVAN” loyihasida mamlakatimizdan tashqari qoʻshni Qozogʻiston va Tojikistondan kelgan 50 nafarga yaqin maxsus avtotransportlar jizzaxlik avtomobil ishqibozlari uchun turli xil drift shoular bilan ularning yanada qiziqishlari ortishiga sababchi boʻldi.

Tadbir doirasida mutasaddilar bilan kelgusida viloyatda avto-mototurizmni rivojlantirish borasidagi yangi kelishuvlarga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер