Jizzaxda 4,7 mlrd soʻmlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi
Foto: Bosh prokuratura
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 4,7 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Sharof Rashidov tumanida joylashgan “A.E.J.” fermer xoʻjaligi rahbari A.S. quvvati 60 kVt boʻlgan 8 ta suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari ulagan.
Buning oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 4 mlrd 739 mln soʻmlik elektr talon-toroj qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda”, deyiladi BP xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring