Javohir Sindorov Pragnanandhani ikkinchi bor magʻlub etdi
Oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov FIDE Nomzodlar turnirining 10-turida hindistonlik raqibi Rameshbabu Praggnanandha ustidan oq donalarda gʻalaba qozondi. Ikki grossmeyster oʻrtasidagi birinchi bellashuvda ham oʻzbekistonlik shaxmatchining qoʻli baland kelgan edi.
Hamyurtimiz ushbu musobaqada 10 ta turdan soʻng 8 ochko bilan yakka peshqadam boʻlib turibdi. U mazkur natijasi orqali eng yaqin taʼqibchisi, niderlandiyalik Anish Giridan 2 ochko oldinda bormoqda.
Javohir Sindorovni Nomzodlar turniri gʻolibligidan yana 4 ta partiya ajratib turibdi xolos. Musobaqa joriy yilning 15-aprel kuniga qadar davom etadi. Turnir gʻolibi amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun dona suradi.
Eslatib oʻtamiz, Javohir turnirda 6 ta partiyada gʻalabaga erishdi. Hali shu paytgacha Nomzodlar turnirida hech qaysi shaxmatchi 6 ta gʻalaba qozona olmagan. Bu mutlaq rekord boʻldi va bu rekord hali yana oshishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring