Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining gʻolibi boʻldi
Oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Nomzodlar turnirining 13-turida niderlandiyalik Anish Giri bilan durang oʻynadi va musobaqada muddatidan oldin gʻalaba qozondi.
20 yoshli Sindarov shaxmat toji uchun rasmiy daʼvogarga aylandi va jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukesh bilan toʻqnash keladi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Javohir Sindarov Jahon kubogi gʻolibi boʻlib, Nomzodlar turniriga yoʻllanma olgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring