“Jasorat maktablari”ning yangi oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Jasorat maktablari”ning 2026-2027 oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlum qildi.
Unga koʻra, mamlakatimizdagi 208 ta “Jasorat maktabi”ning har biriga 26 nafardan, jami 5 ming 408 nafar oʻquvchi qabul qilinishi belgilangan.
Maʼlumot uchun, “Jasorat maktablari”ga hujjatlar qabuli joriy yilning may iyun oylarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring