“Jarqoʻton” arxeologik yodgorligida sayyohlar uchun qulayliklar yaratiladi

14:39 20 Fevral 2023 Madaniyat
1139 0

Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida joylashgan Jarqoʻton yodgorligi Oʻzbekiston hududidagi eng qadimgi shahar harobalari hisoblanadi. Arxeologlar tomonidan Jarqoʻton yodgorligida hukmdor saroyi, hunarmandchilik ustaxonalari, otashparastlar ibodatxonasi va 20 gektar maydonda qadimiy qabriston ochib oʻrganilgan. Ushbu tadqiqotlar natijasida qoʻlga kiritilgan soʻngi bronza davriga oid qadimgi dehqonchilik madaniyati moddiy ashyolari Toshkent, Samarqand shaharlaridagi hamda Termiz arxeologiya muzeyida saqlanmoqda.

Surxondaryo viloyat hokimligi, hududiy madaniy meros boshqarmasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda, yodgorlik hududini koʻzdan kechirib, tarixiy madaniy merosimizni asrab avaylash, muhofaza zonalarini belgilab, atrofini oʻrash, yoʻllarni taʼmirlash hamda taniqli tarixchi-olimlarni jalb qilgan holda qazishma va konservatsiya ishlarini davom ettirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер