Janubiy Koreyadagi forumda raqobat qonunchiligi va siyosatidagi soʻnggi oʻzgarishlar hamda tendensiyalar muhokama qilinmoqda
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Asadulla Qayumov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasiga tashrif bilan boʻlib turibdi.
Tashrif davomida mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari Seul shahrida boʻlib oʻtgan Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi, MDH davlatlari raqobat organlari, Koreya Respublikasi Adolatli savdo komissiyasining 1-Sammiti hamda 12-Seul Xalqaro raqobat forumida ishtirok etdi.
Anjumanda raqobat sohasidagi vakolatli organlar rahbarlari ishtirokida raqobat qonunchiligi va siyosatidagi soʻnggi oʻzgarishlar va tendensiyalar, shu jumladan, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan muhokamalar boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida Asadulla Qayumov Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Monopoliyaga qarshi kurashish va isteʼmol bozorini nazorat qilish davlat xizmati rahbari Mammad Abbasbeyli va Koreya Respublikasi Adolatli savdo komissiyasi Siyosat boʻyicha bosh kotibi Yok Sang Von bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat davomida raqobatni himoya qilish sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasini amalga oshirish uchun tizimli muloqotni oʻrnatish, doʻstlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda yangi bosqichga olib chiqish yoʻllari muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring