Janubiy Koreyada Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Koreyada Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgani haqida turli maʼlumotlar tarqaldi. Oʻzbekistonning ushbu davlatdagi elchixonasi vakillari mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Diplomatlarning maʼlum qilishicha, hamyurtimiz K.N.ning vafoti munosabati bilan Janubiy Koreya milliy politsiya agentligining masʼul xodimlari bilan doimiy muloqot olib borilmoqda.
Janubiy Koreya tomoni xabariga koʻra, ayni paytda fuqaroning vafoti yuzasidan mutasaddi soha vakillari tomonidan tekshiruv va ekspertiza ishlari davom ettirilmoqda. Dastlabki tekshiruv natijalari uning oʻlimida qotillik alomatlari yoʻqligini koʻrsatgan.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ushbu fuqaroning oʻlimi holatiga toʻliq oydinlik kiritilganidan keyin qoʻshimcha axborot beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring