Janubiy Koreyada Kim Chen Inning taxminiy vorisi nomi maʼlum qilindi
Foto: Reuters
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yetakchisi Kim Chen Inning qizi Ju Ening xalq oldida chiqishini hisobga olinsa, u otasining oʻrnini egallashi mumkin. Bunday taxminni Janubiy Koreya birlashma vaziri Kim Yon Xo aytib oʻtdi.
“Hozircha biz bu imkoniyatni inkor eta olmaymiz”, dedi vazir Kim Yon Xo.
Taxminan 10 yoshda ekanligi taxmin qilinayotgan Ju E otasi bilan “Xvason-17” qitʼalararo ballistik raketasini uchirish marosimida qatnashganida birinchi omma oldida paydo boʻlgandi.
Kim Yon Xo shu oʻrinda KXDRda yuqori martabali rahbarlar vorisligining rasmiy tizimining yoʻqligini ham taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring