Janubiy Koreyada harbiy va fuqarolik mudofaasi mashqlari boshlandi

17:03 10 Aprel 2023 Dunyo
936 0

Foto: Yonhap

Janubiy Koreya harbiylari mamlakat janubi-sharqida “Xvaran” tinch aholini himoya qilish boʻyicha kompleks mashgʻulotlarni boshladi. Bu haqda “Yonhap” Janubiy Koreya Qurolli kuchlari maʼlumotiga tayanib yozmoqda.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, oʻquv mashgʻulotlari viloyat hokimiyati, politsiya, favqulodda vaziyatlar xizmatlari bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda. Mashgʻulotlar Tegu shahri va Kensan-Pukto muzofotida boshlandi va besh kun davom etadi.

“Xvaran” mashgʻulotlari oktyabrgacha mamlakatning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich oʻtkaziladi», deyiladi xabarda.

Shu yilning 3-aprel kuni AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning yadroviy tahdidiga javoban Koreya yarim oroli yaqinida qoʻshma dengiz mashqlarini boshladi. Ular suv osti kemalariga qarshi kurashish va potensial dushmanning ballistik raketalarini tutib olishga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер