Janubiy Koreyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi
Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ushbu mamlakatda boʻlib turgan fuqarolarni ogohlikka chaqirdi.
Gap shundaki, bugun, 3-dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat eʼlon qilindi.
“Bugungi kunda Janubiy Koreyada yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizni turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, oʻzingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sogʻligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz”, deyiladi xabarda.
Elchixona shuningdek, zarurat boʻlgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz soʻragan:
+82 10 3213 4505
+82 10 2909 4334
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring