Janubiy Koreya Oʻzbekistonga yangi elchi tayinladi
Von Do Yon Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
"Von Do Yon janoblarining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldik. Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Janobi Oliylarining mamlakatimizga boʻlajak tashrifini intiqlik bilan kutmoqdamiz.
Prezidentlar sammitiga tayyorgarlik koʻrish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, davlatlarimiz oʻrtasidagi anʼanaviy yaqin aloqalarda yangi oʻsish nuqtalarini kashf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik. Janob elchiga Oʻzbekistondagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz", deb yozdi Baxtiyor Saidov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring