Janubiy Koreya kompaniyasi Sirdaryoda “aqlli” issiqxona quradi
Foto: Tashqi ishlar vazirligining ''Dunyo'' axborot agentligi
Viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, Janubiy koreyalik hamkorlarga viloyatning iqtisodiy va investitsion salohiyati taqdim qilindi.
Uchrashuvda “Hanjin agrisulture and industry Co.LTD” kompaniyasi rahbari Guliston tumanida Janubiy Koreya texnologiyalari asosida loyiha qiymati 10 million AQSH dollariga teng “aqlli” issiqxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirishda hamkorlik qilish taklifini bildirdi. Tomonlar ushbu masala yuzasidan oʻzaro kelishuvga erishdi.
Qayd etish kerakki, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tizim yaratildi. Natijada respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni kun sayin koʻpayib, ularning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritish borasidagi takliflari koʻpaymoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring