Jamgʻarmaga xalqaro sertifikatlar topshirildi
Foto: "Xalq so'zi"
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi. Unga qarshi qattiq kurashilmas ekan, biror bir natijaga erishish qiyin. Shu bois korrupsiyaga jamiyatda rivojlanishiga qarshi qaratilgan harakat sifatida har qanday jamiyat va davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarishga sabab boʻladigan omil sifatida baholanadi.
Prezidentimizning 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni talablariga koʻra, barcha tashkilot hamda muassasalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar, shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etishni belgilovchi korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi, siyosati ishlab chiqish va uni amalda joriy etish belgilangan. Bu, avvalo, har bir tashkilot oʻz ish uslubi bilan mazkur illatning oldini olishlari kerak, deganidir. Oʻz navbatida, ular faoliyati xalqaro darajada munosib baholanmoqda. Xususan, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish maqsadida Xalqaro standartlar ISO 9001:2015 — “Sifat menejmenti tizimi” hamda ISO 37001:2016 — “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment (pora olish-berish bilan kurashish) tizimi” talablari asosida xalqaro standartlar boʻyicha barcha zaruriy xujjatlar ishlab chiqilib, amalda joriy qilinmoqda.
Jamgʻarma faoliyati ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlar boʻyicha sertifikatsiyadan oʻtkazilishining auditi dastlabki bosqichi joriy yilning 17-18-avgust kunlari, ikkinchi bosqichi esa
18-19-oktyabr kunlari oʻtkazildi. Audit natijalariga koʻra, jamgʻarmaning “Fermer, dehqon xoʻjaliklari, “Tomorqa xizmati” MCHJlar va tomorqa yer egalarini kreditlash uchun tijorat banklariga resurs ajratish, shuningdek shu sohada lizing faoliyatini amalga oshirish” faoliyati sohasi ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlar boʻyicha sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Shu maqsadda jamgʻarmada ushbu sertifakatlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda jamharma ijrochi direktori Toʻlqin Sattorov korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish ishlari kelgusida mablagʻlarining samarali va manzilli ishlatilishiga, korrupsiyaga qarshi kurashishda qonun hujjatlarini talab darajasida takomillashtirishga, xodimlar va mijozlarning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni muntazam ravishda shakllantirishga xizmat qilishini taʼkidlsha barobarida, fermer, dehqon va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslar va ularning natijalari xususida maʼlumot berdi. Xususan, 2018-2021-yillarda jamgʻarma tomonidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari hamda “Tomorqa xizmati” MCHJlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun jami 761,3 milliard soʻm ajratilgan. Shundan 37,5 millard soʻmi “Tomorqa xizmati” korxonalari ustav fondiga ulush sifatida kiritilgan boʻlsa, 709,1 milliard soʻmi banklarga resurs sifatida berilgan. Bu pirovardida, banklar tomonidan oilaviy tadbirkorlik, ixcham issiqxona xoʻjaliklari, tomorqachilik ishlarini kengaytirib, odamlar bandligini taʼminlab, ularga daromad manbani yaratmoqda.
Dilshod ULUGʻMURODOV.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring