Jamgʻarma mablagʻlari maqsadli sarflanmoqda
Inson qadri ulugʻ. Shu bois, mamlakatimizda ijtimoiy himoya masalasi hamda inson qadrini ulugʻlash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Bu borada turli jamgʻarmalar tashkil etildi, ijtimoiy loyihalarga start berildi.
Jumladan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida ochilgan “Saxovot va koʻmak” jamgʻarmasi bugungi kunda yurtimizdagi muhtoj oilalalarga koʻmak berishda oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.
Xalq deputatlari Yangiyoʻl shahar Kengashining tegishli qaroriga asosan “Temir daftar va ijtimoiy ximoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ”Saxavot va koʻmak“ jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ”Bahor" MFYda yashovchi I. Mahmudova yuragida jarrohlik amaliyoti oʻtqazish uchun 20,0 mln. soʻm ajratilgani fikrimiz dalilidir.
Bu hali hammasi emas. “Turkiston” MFYda yashovchi Z. Badirovaga uyi yonib ketganligi uchun 10,0 mln. soʻm, “Olmos” MFYda istiqomat qiluvchi X. Mamadaliyevaga ham shu maqsadda 15,0 mln. soʻm mablagʻ ajratildi.
Shu bilan birga, oltinobodlik L. Rixsibayevaga hamda "Farovon MFYda yashovchi Sh. Rustamovaning har biriga sogʻligʻini tiklash va davolanishi uchun 5,0 mln. soʻmdan mablagʻ ajratildi.
Bunday misollarni yana koʻplab keltirish mumkin. Zero, ijtimoiy himoya masalasi davlatimiz eʼtiboridadir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring