Jahongashta bobomiz hayoti chuqur oʻrganilmoqda
Foto: Халқ сўзи
Xorazmda “Sohibqiron Amir Temur va temuriylarning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni“ mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

Xalqaro Amir Temur jamoat fondi va Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil qilingan mazkur anjumanda temuriylar tarixini oʻrganish bilan shugʻullanib kelayotgan olimlar, yozuvchilar, oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari va yoshlar ishtirok etishdi.

Anjumanda Xalqaro Amir Temur jamoat fondi boshqaruvi raisi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti professori Adhambek Alimbekov, siyosiy fanlar doktori, professor Toʻlqin Alimardonov, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Hilola Nazirova va boshqalar oʻz maʼruzalarida sohibqiron Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchiligimiz tarixida tutgan oʻrni, dunyo tamadduniga qoʻshgan ulkan hissasi xususida toʻxtaldilar.
Shuningdek, anjuman qatnashchilari Xorazm Maʼmun akademiyasida boʻlib, temuriylar tarixini oʻrganish borasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdilar.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring