Zelenskiy keyingi hafta Tramp bilan uchrashishni reja qilmoqda, biroq endi yolgʻiz bormoqchi emas

16:25 05 Mart 2025 Dunyo
377 0

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron hamda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy kelasi haftada Tramp bilan uchrashish uchun AQShga borishni reja qilishmoqda. Bu haqida “The Kiyiv Independent” nashri maʼlumot berdi.

Nashrning xabar berishicha, ushbu tashrifning asosiy maqsadi “umumiy front” sifatida harakat qilish hamda Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha qoʻshma rejani taqdim etishdan iborat hisoblanadi.

Maʼlumotlarga koʻra, Starmer hamda Makron Yevropaning mudofaa qobiliyatini oshirish va Ukrainaga yordam koʻrsatishda yetakchi hukumatlar sifatida shakllanib ulgurgan.

Ikki hukumat ham Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi harbiy mojaroda oʻt ochishni toʻxtatish rejimini joriy qilish uchun mamlakatga minglab tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish rejasini ishlab chiqishgan.

“Ukraina hukumati havoda va dengizda qisman sulh tuzishga rozi, ammo butun front boʻylab oʻt ochishini toʻxtatish bitimiga hozircha tayyor emas”, — deyiladi OAV xabarlarida.

Tramp esa Zelenskiyning qisman roziligi sulh shartlariga toʻgʻri kelmasligini aytmoqda. Kelgusi haftada rejalashtirilayotgan uch mamlakat rahbari hamda Tramp oʻrtasidagi muhokamalarda yangi rejalar hamda takliflar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Qoʻshma Shtatlar rahbari taqdim qilinadigan urushni toʻxtatish rejalari bilan tanishib, sulh shartlarini oʻzgartiradimi, yoki oʻzining toʻliq oʻt ochishni toʻxtatish shartida qoladimi, muzokaralardan soʻng ayon boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер