Zelenskiy ayollarni ixtiyoriy ravishda harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi
Arxiv surat
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ayollarni ixtiyoriy ravishda harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi.
Hujjatga koʻra, ukrainalik xotin-qizlarning kasbi harbiy roʻyxatga olish mutaxassisligiga toʻgʻri kelsa va yoshi hamda salomatligi imkon bersa, ular oʻz xohishiga koʻra harbiy roʻyxatga olinishi mumkin.
Shu bilan birga, avvalroq maʼlum boʻlganidek, tibbiyot yoki farmatsevtika ixtisosligi boʻlgan Ukraina fuqarolari bunday tanlash erkinligiga ega boʻlmaydilar. Yaʼni ular harbiy xizmatga roʻyxatdan oʻtishlari zarur boʻladi.
Ukraina qonunchilari tushuntirishicha, Kiyev ortiqcha ijtimoiy keskinlik va harbiy burchga salbiy munosabatni shakllantirishdan qochish istagi tufayli mamlakatdagi barcha xotin-qizlarni roʻyxatga olmaslikka qaror qilgan.
Sentyabr oyida Ukraina Mudofaa vazirligi ayollarni harbiy roʻyxatga olish muddatini 2023-yil 1-oktyabrgacha koʻchirishga qaror qilgani maʼlum boʻlgan edi. Roʻyxatga 7 ta kasb va 14 ta mutaxassislik, jumladan, kimyo, biologiya, telekommunikatsiyalar boʻyicha mutaxassislar ham kiritilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring