Zelenskiy 16-fevralni “Ukraina birligi kuni” deb eʼlon qildi

09:32 15 Fevral 2022 Dunyo
1863 0

Foto: Arxiv surat

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 16-fevralni “Birlik kuni” deb eʼlon qildi. Bu haqda u xalqqa murojaatida gapirdi.

Davlat rahbari “Ukraina jamiyatini mustahkamlash boʻyicha shoshilinch chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzolagan boʻlib, unda 16-fevral kuni butun mamlakat boʻylab uylar va binolarda davlat bayrogʻini koʻtarish va davlat madhiyasi yangrashini aytdi.

“Bizga aytilishicha, 16-fevral hujum kuni boʻladi. Biz buni birlik kuni qilamiz. Tegishli farmon allaqachon imzolangan. Shu kuni biz davlat bayroqlarini ilib, koʻk va sariq lentalarni taqib, birdamligimizni butun dunyoga koʻrsatamiz”, — dedi Zelenskiy.

Prezident, shuningdek, xorijiy diplomatik muassasalarga mezbon davlatlarda Ukrainani birlashtirish va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish boʻyicha topshiriq berdi.

Zelenskiy oʻz murojaatida Ukraina “urushdan qoʻrqayotganini”, biroq u barcha muammolarni diplomatiya yoʻli bilan hal qilishni rejalashtirayotganini taʼkidladi. Shu bilan birga, davlat rahbari Ukraina armiyasiga yuqori baho berib, u endi avvalgidek emasligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер