Zarur paytda asqotdi

10:54 14 Avgust 2020 Jamiyat
801 0

Pandemiya sharoitida yashashning oʻzi boʻlmas ekan. Karantin cheklovlari hayotdagi faoliyatimizni cheklab qoʻygani rost. Muhimi, salomatligimizni asrab qolish uchun barchamiz birdek harakat qildik. Biroq, oramizda shunday insonlar borki, haqiqatdan koʻmakka muhtoj boʻldilar.

— Xastaligim bois tayinli joyda ishlolmayman, — deydi Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvchi Oyistaxon Olimova. — Biroq, boshqalarga ham yukimni tashlab qoʻymayman. Imkon qadar kunlik daromadli ishlarni bajarib yuraman. Karantin eʼlon qilingach, uyda boʻlib qoldim. Dori-darmon bilan kommunal toʻlovlarga pul yetkaza olmadim. Oxirgi paytda tirikchilik uchun ham mablagʻim qolmadi. Imkonsiz qolgan paytimda Prezidentimizning maxsus Farmoniga binoan bir martalik yordam pulining ajratilishi jonimga oro kirdi. Qoʻlim duodan boʻshamay turib karantin cheklovlarining yumshatila boshlangani kuchimga kuch qoʻshdi. Bundan buyon salomatligimga befarq boʻlmagan holda daromad topish ilinjidagi harakatlarimni boshlayotganimdan xursandman.

Paxtaobod tumanining “Terak tagi”, «Ovushqa», “Boytoʻpi”, “Yangi chek” MFYlarida istiqomat qiluvchi 275 nafar Oyistaxon kabi fuqarolar ham bir martalik yordamdan bahramand boʻldilar. Ularga jami 60 mln. 500 ming soʻmlik mablagʻ yetkazib berildi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер