“Yuksalish” umummilliy harakati davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Foto: Adliya vazirligi
“Yuksalish” umummilliy harakati Adliya vazirligida nodavlat notijorat tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda “huquqiy axborot” telegram-kanali habar bermoqda.
“Yuksalish” umummilliy harakatining asosiy maqsadi islohotlar, shu jumladan Davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirishga koʻmaklashish, fuqarolar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarini ixtiyoriylik asosida birlashtirish hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring