Zarafshonda hokimlik xodimlari davlat mulkini oʻzlashtirishda gumon qilinmoqda
Navoiy viloyati prokuraturasi Zarafshon hokimligining mansabdor shaxslariga nisbatan davlat mulkini oʻzlashtirishda gumon qilib, jinoiy ish qoʻzgʻatdi.
Maʼlum boʻlishicha, gumonlanuvchilar umumiy qiymati 11 milliard soʻmdan ortiq boʻlgan 5,3 gektar yer maydonini kim oshdi savdosisiz tadbirkorlarga berib yuborgan. Hokimning sobiq oʻrinbosari shubha ostiga olindi, maʼmuriyat rahbarining oʻzi tergovga jalb qilinganlar orasida.
Xabarda aytilishicha, hokim oʻrinbosari hokimlik rahbari Anvar Rajabov va boshqa mutasaddilar bilan kelishib, 2020-yilda 7 nafar tadbirkorga jami 5,31 gektar yer maydonlarini davlat-xususiy mulk asosida hech qanday toʻlovsiz ajratib berish boʻyicha hokim qarorlari asosida bergan. Sobiq hokim oʻrinbosari kim oshdi savdosini tashkil etish zarurligini bila turib, bunday qilmagan va hozirda mansab vakolatini suiisteʼmol qilganlikda gumon qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring