“Zarafshon” milliy tabiat bogʻida bizgʻaldoqlar suruvi qayd etildi

15:11 23 Yanvar 2023 Jamiyat
556 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabariga koʻra, bu yilgi qish mavsumida Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi “Zarafshon” milliy tabiat bogʻi hududida 53 boshdan iborat bizgʻaldoqlarning suruvi qayd etildi.

Maʼlumotlarga koʻra, bunday holat oxirgi marta 2008-yilning qishida sodir boʻlgan.

Bizgʻaldoq noyob qush boʻlib, Oʻzbekiston Qizil kitobiga “zaif, qisqarib borayotgan uchib oʻtuvchi tur” maqomi bilan kiritilgan. Xalqaro Qizil kitobdan ham oʻrin olgan bu turdagi qushlar odatda Oʻzbekiston janubi, shuningdek, Farbiy Osiyo, Turkmaniston, Tojikiston hududlarida qishlaydi. Uni Shimoliy Afrika, Janubiy va Sharqiy Yevropa, Qozogʻiston hududlarida ham uchratish mumkin.

Bizgʻaldoqlar soni 1960-1970-yillarda keskin qisqargan, ayni paytda esa barqarorlashmoqda. Uchib oʻtishda u yakka holda, kichik guruhlarda oʻtlar bilan qoplangan katta ochiq maydonlarda uchraydi. Ular hasharotlar va oʻsimliklarning yashil novdalari bilan oziqlanadi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер