Zangiotadagi “zapravka” 1,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qildi
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi AGTKSH katta miqdordagi tabiiy gazni oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilgani maʼlum boʻldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Tumandagi “P.G.O.” MCHJ rahbari U.X. jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatishi orqali 1,4 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shuningdek, dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar toʻliq undirilishi taʼminlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring