Zangiotada 3 ta uyga oʻt ketdi
Toshkent viloyatida FVV qutqaruvchilari 3 ta uydagi yongʻinni bartaraf etdilar. Bu haqda FVV xabar berdi.
Ushbu hodisa bugun, 20-oktyabr kuni Zangiota tumanida joylashgan “Aloqa” MFY hududida sodir boʻlgan. Soat 07:19 da bir necha daqiqa farqi bilan qoʻshni boʻlgan uchta uyda ketma-ket yongʻin sodir boʻlgan. Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari yetib kelgan. Soat 08:05 da yongʻin oʻrab olingan boʻlsa, 08:33 da uni toʻliq bartaraf qilishga erishildi. Yongʻin hodisasi uylarning 400 kv. m. qismiga zarar yetkazgan. Yongʻin oqibatida jabrlangan va halok boʻlgan fuqarolar aniqlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring