Zangiota tumanida yuk avtomashinasi haydovchilariga qalbaki AQSH dollari bergan fuqaro ushlandi

14:53 06 Yanvar 2024 Jamiyat
242 0

Foto: Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.A. Rossiya davlatidan yogʻoch mahsulotini olib kelib bergan yuk avtomashinasi haydovchilari U.D. va S.N.ga xizmat haqi uchun 14 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni berganligi aniqlanib, ushbu qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda psixotrop moddalarni muomalaga kiritilishining oldi olingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер