Zamonaviy media muhitda axborotning ishonchliligi qanchalik muhim?

15:42 10 Iyun 2023 Jamiyat
922 0

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Media va kommunikatsiyalar ITI, “Yangi media taʼlim markazi” NNT bilan hamkorlikda “Zamonaviy media muhitda axborotning ishonchliligi,media bilan xavfsiz muloqot va mediasavodxonlikni targʻib qilish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda vazirlik va idoralarning matbuot xizmati vakillari, media ekspertlar, tadqiqotchilar, soha mutaxassislari, OAV vaqillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida global va milliy segmentda tarqatilayotgan axborotlarni filtrlash, noxolis, asoslanmagan yangiliklar, dezinformatsiyalar va feyk xabarlar, targʻibotlar, sunʼiy xayplar, ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga kelayotgan infolyutsiyalar haqida xabardorlikni oshirish, shu oʻrinda medisavodxonlikni ommalashtirish orqali ushbu dolzarb muammolarga yechim izlash masalalari keng muhokama qilindi.

Davra suhbati davomida mediasavodxonlikni targʻib qilish borasida Adliya tajribasi haqida maʼlumotlar berildi.

— Koʻpchilikka maʼlumki, Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish hisoblanadi, — deydi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi rahbari Sevara Oʻrinboyeva. — Shundan kelib chiqqan holda, vazirlik aholining shu jumladan OAV vakillarining ham mediasavodxonligini oshirish borasida bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, “Mediasavodxonlik va fake news: huquq va masʼuliyat chegarasi”, “Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalari: axborot transformatsiyasi va kasb etikasi muammolari”, “Raqamlashtirish davrida media va feyk xabarlar: huquqiy va axloqiy omillar” nomli qoʻllanmalar tayyorlanib keng jamoatchilikka taqdim etildi.

Bundan tashqari, jurnalistlarning huquqiy axborotlar bilan ishlash koʻrikmalarini oshirish maqsadida vazirlik tomonidan qator oʻquv kurslari va seminar treninglari, shu bilan birga, fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini oshirish, ularga xolis axborot yetkazish borasida faol boʻlgan jurnalist va blogerlarni doim qoʻllab-quvvatlagan holda turli tanlovlarni ham tashkil etib kelmoqda.

Qizgʻin bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtgan tadbirda zamonaviy media muhitda axborotning ishonchliligi, shuningdek, media bilan xavfsiz muloqot va mediasavodxonlikni targʻib qilish masalalari boʻyicha oʻzaro tajribalar almashildi.

Diyora SAIDOVA,

OʻzDJTU talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер