Zaytun moyi saraton kasalligi kelib chiqish xavfini kamaytiradi

09:19 15 May 2022 Jamiyat
826 0

Kardiologlarning fikriga koʻra, umr davomiyligini uzaytirish uchun ikki mahsulot oʻrniga zaytun moyini isteʼmol qilish kerak.

Umrni oziq-ovqat mahsulotlari yordamida uzaytirish mumkin. Buning uchun mayonez va margarinni zaytun moyiga almashtirish kerak xolos. Bu haqida kardiologlar, Garvard tibbiyot fakulteti vakillari Amerika kardiologiya kolleji jurnaliga maʼlum qildi.

Yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqishida oziq-ovqat mahsulotlarining ahamiyati boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotda 90 mingdan ortiq koʻngillilar ishtirok etgan.

Aniqlanishicha, 10 gr. margarin, mayonez yoki sariyogʻni xuddi shu miqdordagi zaytun moyiga almashtirilsa, yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqish xavfi kamayadi.

Garvard olimlarining maʼlumot berishicha, zaytun moyini tez-tez isteʼmol qilish yurak-qon tomir kasalliklaridan kelib chiqadigan oʻlim holatlarini 19 foizga kamaytiradi.

Shuningdek, zaytun moyi saraton kasalligi kelib chiqish xavfini 17 foizga kamaytiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер