“Yuventus” A Seriyadagi oltinchi magʻlubiyatini qabul qildi
Kecha, 21-fevral kuni Italiya A Seriyasining 26-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Tur doirasidagi uchrashuvda Turinning “Yuventus” klubi oʻz maydonida “Komo” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv kutilmaganda mehmonlarning 0:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Hisob 11-daqiqada Mergim Voyvoda tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 0:1 hisobida tugadi.
Ikkinchi boʻlimning 61-daqiqasida Maksans Kakere hisobni 0:2 koʻrinishiga olib keldi. Shu tariqa bahs “Komo”ning ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi.
Taʼkidlash joizki, bu “Yuventus”ning A Seriyadagi oltinchi magʻlubiyati boʻldi. Ushbu natijadan soʻng “Komo” musobaqa jadvalida “Yuventus” bilan ochkolar farqini 1 ochkogacha qisqartirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring