Yutuqlar zalvorli, galdagi vazifalar ham

00:25 02 Oktyabr 2023 Jamiyat
645 0

Keyingi yillarda oʻqituvchilar faoliyatiga noqonuniy aralashish, turli jamoat ishlariga majburiy jalb etish, eng asosiysi, turli qogʻozbozliklardan xalos etilganimiz oʻz samarasini bermoqda. Buning yorqin samarasini yaqin yillargacha Fargʻona viloyati tumanlari ichida eʼtirof etishga arzigulik yutuqlari boʻlmagan Dangʻara misolida ham koʻrish mumkin.

Bu oʻqituvchining jamiyatdagi obroʻ-eʼtibori oshishi hamda kasbiy malakasi va ilmiy salohiyatini yaxshilashga intilishida yaqqol namoyon boʻlmoqda. Misol uchun, tumandagi maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi 2020/2021 oʻquv yili yakuni boʻyicha viloyat miqyosida oʻrtacha, yaʼni 27,3 foiz boʻlgan boʻlsa, 2022/2023 oʻquv yilida ushbu koʻrsatkich viloyatda eng yaxshi boʻlib, deyarli 40 foizga koʻtarildi.

Shuningdek, maktablarda faoliyat olib borayotgan oliy toifali oʻqituvchilar ulushi oshmoqda. 2020/2021 oʻquv yilida taʼlim muassasalarida ustozlarning qariyb 50 foizi mutaxassis oʻqituvchi sifatida faoliyat olib borgan boʻlsa, bugungi kunga kelib ularning salmogʻi 32 foizgacha kamayishiga erishildi. Ayni paytda tuman maktablarida kelajagimiz vorislariga 500 nafardan ziyod milliy va xalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilar taʼlim bermoqda.

Xullas, yutuqlar zalvorli, galdagi vazifalar ham. Zimmamizda taʼlim sifatini oshirishdek muhim talab turibdi. Zero, oʻqituvchiga berilgan bugungi imkoniyat va yaratilgan sharoitlar mamlakatimiz taʼlim tizimini jahon andozalari darajasida rivojlantirish uchun omil boʻla oladi.

Alimardon SODIQOV,

Dangʻara tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi, “Sodiq xizmatlari uchun” medali sohibi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер