Yurtimizda “Toza havo” oyligi oʻtkazilmoqda

12:46 12 Aprel 2022 Jamiyat
1197 0

Respublikamiz hududida har yili ikki bosqichda “Toza havo” tadbiri oʻtkaziladi. Joriy yilning 10-apreldan boshlangan mazkur tadbir Davlat ekologiya qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda.

Koʻzlangan asosiy maqsad avtotransport vositalaridan atrof-muhitga yetkazilayotgan zararli taʼsirlarni kamaytirishga, shuningdek atmosfera havosini muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik talablariga rioya qilinishiga yoʻnaltirilgan.

Tadbir davomida avtotransport vositalaridan tashlanayotgan zararli gazlarning toksiklik darajasi va tutun qalinligi bevosita maxsus asboblardan foydalanilgan holda oʻlchash yoʻli bilan nazoratdan oʻtkaziladi.

Olingan natijalar davlat standartlarida belgilangan meʼyorlarga solishtiriladi. Oʻrnatilgan meʼyorlardan ortiq chiqish holatlari yuzaga kelgan taqdirda ularga nisbatan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda taʼsir choralari koʻriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер