Yurtimizda emlash jarayonlarida 27 million dozadan ortiq vaksina qoʻllanildi — SSV

11:29 05 Noyabr 2021 Jamiyat
1106 0

Joriy yil 4-noyabrda mamlakatimiz hududlari boʻylab 271 535 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

— 1-bosqich emlanganlar 144 557 nafarni,

— 2-bosqich emlanganlar 75 651 nafarni,

— 3-bosqich emlanganlar 51 327 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 27 260 924 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

— 1-bosqich emlanganlar 14 108 774 nafarni,

— 2-bosqichda emlanganlar 8 747 014 nafarni,

— 3-bosqich emlanganlar 4 405 136 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash koʻrsatkichlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni:

— Toshkent shahri (36 531 doza),

— Fargʻona viloyati (30 162 doza),

— Namangan viloyati (27 829 doza) band qildi.

Birinchi doza bilan emlanish koʻrsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 65,8 foizni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер