Yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Prezidentimizning “Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur hujjatda quyidagilar yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:
— birlamchi tibbiyot muassasalari tomonidan davriy tibbiy koʻriklarni yoʻlga qoʻyish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish;
— ehtiyojmand aholi qatlamlarini zarur dori vositalari bilan bepul taʼminlash;
— hududlarda koʻrsatilayotgan yuqori texnologik, kaminvaziv kardiologik hamda kardiojarrohlik tibbiy xizmatlar koʻlamini oshirish;
— birlamchi boʻgʻindagi mutaxassislarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va salohiyatini oshirish, sohada ilm-fanni taraqqiy ettirish;
— yurak-qon tomir kasalliklari boʻlgan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini raqamlashtirish.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring