Yunusobodda “Cobalt”, “BYD”, “Mercedes-Benz” avtomobillari ishtirokida YTH sodir boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Cobalt”, “BYD”, “Mercedes-Benz” avtomobillari ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 17-iyul kuni soat 21:20 larda Yunusobod tumani Alisher Navoiy-Sharof Rashidov koʻchalari chorrahasida “Cobalt”, “BYD”, “Mercedes-Benz” rusumli transport vositalari toʻqnashuvi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan maʼlumotlarga koʻra, mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohat olganlar aniqlanmagan.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring