Yunusobod tumanidagi koʻp qavatli uyda ham yongʻin sodir boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida joylashgan koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻlgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 13-iyul kuni soat 18:35 da Yunusobod tumani, Yunusobod 8-dahasida joylashgan, koʻp qavatli uyning 8-qavatidagi, xonadonlarning birida yongʻin sodir boʻlgan. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar FVBga amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.
Murojaatga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 18:42 da yetib borib, soat 19:11 da yongʻin oʻrab olingan va soat 19:14 da toʻliq oʻchirilgan.
«Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda. Holat oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq» — deyiladi FVB xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring