“Yunusobod” metro yoʻnalishidagi halokat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

12:42 19 Dekabr 2019 Jamiyat
1799 0

Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan hodisa yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258 (Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayoi Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻlining yangi qurilayotgan qismida yuz bergan favqulodda vaziyat oqibatida halok boʻlganlar soni 6 nafarga yetgani xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер