Yulduz Usmonovaning konserti 16-martdan boshlab qoldiriladi. Bugungi konsert oʻtkaziladi

19:43 15 Mart 2020 Jamiyat
8327 0

Arxiv surat

Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Xalqlar doʻstligi” saroyida 10—25-mart kunlari oʻzining yangi yakkaxon konsert dasturini taqdim qilayotgan edi. Koronavirus sababli Yulduz Usmonovaning konsert dasturi 16-mart kunidan qoldirildi. 15-martdagi konsert esa oʻtkaziladi. Konsertga tashrif buyuruvchilar sinchiklab tekshiriladi.

“Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning konsert dasturi 16-martdan boshlab vaqtincha qoldirildi. Olingan barcha chiptalar oʻz kuchida qoladi. Konsert dasturi qachon boʻlib oʻtishi haqida eng kamida ikki kun oldin maʼlum qilinadi”, — dedi “Oʻzbekkonsert” rahbari Odiljon Abduqahhorov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер