Yuk tashish xizmatlari uchun EHFlarda “tonna-kilometr”oʻlchov birligidan foydalanish qatʼiy belgilandi
Illustrativ foto
Bu haqda Davlat soli qoʻmitasi matbout xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumotga koʻra, Elektron hisobvaraq-faktura (EHF)da quyidagi pozitsiyalardagi MXIKlar boʻyicha yuk tashish xizmatlari uchun “tonna-kilometr” oʻlchov birligidan foydalanish quyidagi tartibda joriy etilgan:
10102001-Suv transportida yuklarni tashish xizmati
10103003-Havo transportida yuklarni tashish xizmati
10107002-Avtomobil transportida yuklarni tashish xizmati
10108002-Temir yoʻl transportida yuklarni tashish xizmati
Mazkur oʻlchov birligi 1 tonna yukni 1 km masofaga tashish (yetkazish) uchun xizmatning narxini belgilaydi.
Misol uchun: Tadbirkorlik subyekti tomonidan 50 tonna yuk 20 km masofaga tashib (yetkazib) berilgan boʻlsa, u holda yuk tashish xizmati oʻlchov birligi sifatida tonna-kilometr tanlanadi va mahsulot miqdoriga 1 000 (50 * 20) kiritiladi.
Taʼkidlash lozim, bunga qadar, EHFda yuk tashish xizmatlari uchun “Xizmat (soʻm)” hamda «Boshqa” oʻlchov birliklaridan foydalanib, miqdori “1” sifatida koʻrsatib kelingan.
Qayd etilgan MXIKlar boʻyicha EHF toʻldirishda “Miqdor” katakchasiga “1” belgilab, “Narxi” katakchasiga butun tashish xizmati qiymatini kiritish mumkin emas (agar haqiqatda tashilgan yuk ogʻirligi va masofa koʻpaytmasi 1 tonna-kilometrni tashkil etmasa)
Yuqoridagilardan kelib chiqib, elektron hisobvaraq-faktura (EHF)da yuk tashish xizmatlari uchun “tonna-kilometr” oʻlchov birligidan foydalanish tavsiya etiladi.
Shuningdek, “teskari hisob” funksiyasi faollashtirilganda yuk tashish miqdori va yetkazib berish qiymatini kiritish orqali 1 tonna-kilometr uchun xizmat narxi avtomatik shakllanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring